Rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8-fevral kuni Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.
Taʼkidlash joizki, O'zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты