Farg‘ona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'tkazilgan monitoringda qonunbuzarliklar aniqlandi.
Xususan, "Muruvvat" MFY, Farg‘ona ko‘chasi, 78- uyning yerto‘lasida sun’iy hovuz o‘rnatilib, unda akula yetishtirilayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159¹-moddasi bo‘yicha ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, yerto‘lani 15 kun muddatda bo‘shatib, asl holatiga keltirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.
Bundan tashqari, ichimlik suvidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish holati yuzasidan ham tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, ma`muriy jarima qo'llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90417 | Инструменты