Mazkur elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Narx kattalar uchun 25 000, bolalarga 14 000 so‘m etib belgilangan
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Urganch Aerovokzal – Xiva – Urganch Aerovokzal” yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezd yo'lga qo'yildi.
Mazkur elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Uning tezligi soatiga 160 kmni tashkil etadi.
Elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun “Econom” toifasidagi zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, har bir o‘rindiqda USB quvvatlantirish qurilmalari, vagon ichidagi iqlimni me’yorida saqlash imkonini beruvchi iqlim nazorati tizimi mavjud. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar ham bor.

7055-sonli “Urganch Aerovokzal – Xiva”
Urganch Aerovokzal — 08:40
Urganch — 08:59–09:02
Xiva — 09:22
7058-sonli “Xiva – Urganch Aerovokzal”
Xiva — 21:00
Urganch — 21:20–21:23
Urganch Aerovokzal — 21:42
Narx kattalar uchun 25 000, bolalarga 14 000 so‘m etib belgilangan. Chiptalarni eticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90417 | Инструменты