Amerikaning Sierra Nevada Corporation xususiy kompaniyasi O‘zbekiston bilan oltita Pilatus PC-12 samolyotini restavratsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi saytida qayd etilgan.
Oldin imzolangan shartnoma bo‘yicha 64,24 million dollarlik buyurtma samolyotlarni xizmatga qaytarish, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va oltita PC-12 samolyoti uchun pudratchi logistika yordamini ko‘zda tutadi.
Ish O‘zbekistonda amalga oshiriladi va 2027-yilning 7-avgustiga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
Shartnoma AQSHning Xorijiy harbiy savdo dasturi doirasida amalga oshiriladi. Qurol eksportini nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunning 3-bo‘limiga ko‘ra, agar prezident rasmiy ravishda «bunday qilish Qo‘shma Shtatlar xavfsizligini kuchaytiradi va dunyo tinchligiga yordam beradi» deb hisoblasa, Qo‘shma Shtatlar mudofaa mahsulotlari va xizmatlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga sotishi mumkin.
Shartnoma imzolanayotgan vaqtda Xorijiy harbiy savdo trast fondidan 26 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan. Ushbu fond odatda mijozlardan olingan to‘lovlar uchun ishlatiladi.
Shartnoma bo‘yicha pudratchi Ogayo shtati Rayt-Patterson havo kuchlari bazasidagi Havo kuchlarining hayotiy aylanmasini boshqarish markazidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91800 | Инструменты