O‘zbekistonda 42,8 ming gektar sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi

OAV uchun kontent tayyorlash markazida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi yetakchi mutaxassisi Farrux Mo‘minov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatimizda sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish, mavjud bog‘larni rekonstruksiya qilish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Prezidentning 2026-yil 9-iyundagi PF–108-son Farmoniga muvofiq, joriy yilda 42,8 ming gektar maydonda sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish belgilangan. Bahor mavsumida 19,2 ming gektar yangi bog‘-tokzor tashkil etildi, 22,2 ming gektar maydondagi eski bog‘lar rekonstruksiya qilindi. Kuzgi mavsumda esa 25,7 ming gektarda yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmoqda.

Hozirga qadar 13,9 ming gektar yaroqsiz bog‘ buzilib, yer maydonlari ekishga tayyorlandi, 4,6 ming gektar yer auksion va tegishli qarorlar asosida ajratildi. Shuningdek, 1 717 ta loyiha bo‘yicha umumiy 20,2 ming gektar maydonda bog‘ barpo etish uchun tadbirkorlarga texnik-iqtisodiy asoslar va texnik shartlar beg‘araz tayyorlab berildi.

Brifingda xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Eron bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 1,3 ming gektar maydonda pista bog‘i barpo etish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 500 gektar maydonda serhosil, 4–6 yilda hosilga kiradigan va gektaridan 3 tonnagacha hosil berishi kutilgan pista navlari ekiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112116 | Инструменты