Huawei 1
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrifining sababini ma’lum qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken 28-fevral − 1-mart  kunlari Toshkent shahriga tashrif buyuradi. Tashrifning asosiy maqsadi O'zbekiston-AQSH strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Kecha, 27-fevral kuni siyosatchi Qozog'istonga uchib ketayotganini Twitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

"Bugun men Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga sayohatga ketyapman. Bu mening Davlat kotibi sifatida Qozog‘iston va O‘zbekistonga birinchi safarim bo‘ladi va men Markaziy Osiyo bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirishga intilaman. U yerdan G20 yig‘ilishi uchun Hindistonga boraman", dedi u. 

Ostonada u mintaqadagi barcha beshta davlat vakillari bilan AQShning Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlash, shuningdek, umumiy global muammolarga yechim izlashda mintaqa bilan hamkorlik uchun C5+1 (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQSh) vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

C5+1 vazirlar yig‘ilishida AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты