Amerika Qo'shma Shtatlarining Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu haqida Prezident Adminstratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov "Telegram" kanalida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida O'zbekistonning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam.
"Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi",-deya yozadi Allamjonov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90814 | Инструменты