Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi Ayubxon Yunusov mamlakat tashqi ishlar vaziri Asad Hasan ash-Shayboniga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo " axborot agentligi xabar bermoqda.

Uchrashuvda Suriya vaziri O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratishini alohida taʼkidladi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston­–Suriya hukumatlararo qo‘mitasini tuzishga kelishilib, boshqa qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Asad ash-Shayboniy O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. Shu munosabat bilan, Suriya tomoni o‘tgan yillarda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordam va ko‘makni yuksak qadrlashi qayd etildi.

Suriya O'zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada faollashtirishga tayyorligini maʼlum qilar ekan, O‘zbekiston tomonidan hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda ularning amalga oshishiga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90712 | Инструменты