Poytaxtdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Avazjon Karimov, Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining Ijroqo‘m aʼzolari, hududiy vakillari va murabbiylari ishtirok etgan yig‘ilishda 2025 yilda chim ustida xokkey sport turini har tomonlama rivojlantirish, sportchilarga namunali shart-sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya davomida bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, federatsiya masʼullari saylandi.
Bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida 2016-2024 yillar davomida barcha yosh toifalarida O‘zbekiston terma jamoalarini shakllantirish va Osiyo qitʼasining nufuzli musobaqalarida munosib natijalarga erishilgani qayd etilib, Bahodir Ahmedov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining faxriy raisi, Rustam Tashmuhamedov bosh kotib etib saylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20315 | Инструменты