O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan Qo'shilmaslik harakatining vazirlar yig'ilishida ishtirok etdi.
"Qo'shilmaslik harakatining vazirlar yig'ilishida ishtirok etdik. Ugandani 2024-2026-yillarga yangi tayinlangan rais sifatida to'liq qo'llab-quvvatlaymiz va Ozarbayjonning avvalgi muvaffaqiyatli raisligi uchun minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugun murakkab global jarayonlar va dinamik o'zgarishlar bilan ajralib turadigan manzaraga duch kelmoqdamiz. Biz tarixiy bosqich — O'zbekistonning 20-sammitga mezbonlik qilishi va 2027-2029-yillarga mo'ljallangan Harakatga rahbarlik qilishi rejalarini e'lon qildik. Bunda energiya xavfsizligi, barqaror rivojlanish va global savdo tizimlarini mustahkamlash kabi asosiy ustuvorliklarga e'tibor qaratamiz. Tinchlikni mustahkamlash, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va ta'lim orqali kelajak avlodni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. Birgalikda zamonamiz chaqiriqlarini hal qilishimiz va Global Janubning ovozini kuchaytirishimiz zarur".
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты