Oliy Majlis Senatining ellik to‘rtinchi yalpi majlisida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Mazkur qonun bilan bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari sohasi tartibga solinmoqda.
Xususan, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga vakolatli davlat organini bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatini amalga oshirishlari to‘g‘risida xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, vakolatli davlat organini xabardor etmasdan faoliyatni amalga oshirganlik hamda xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga yolg‘on yoki noto‘g‘ri maʼlumotlar berganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Jumladan, bojxona brokeri sifatida hamda xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabardor qilmaslik uchun BHMning 20 baravari miqdorida jarima qo‘llash belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish va bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirishda mavjud qoidabuzarliklarning oldi olishga xizmat qilishi senatorlar tomonidan alohida qayd etildi.
Muzokaralardan so‘ng qonun maʼqullandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты