Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Erkin Yuldashev Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi
Ayni vaqtda, prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. Unda mavsumga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman", - dedi davlat rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Yig'ilishda Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Erkin Yuldashev Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111506 | Инструменты