Oʻzbekiston Qozogʻiston va Xitoy bilan aviaqatnovlar sonini oshiradi

Anjuman doirasida ishtirokchi davlatlar oʻrtasida aviaqatnovlarni yanada kengaytirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar ham oʻtkazildi. Xususan, Oʻzbekiston va Qozogʻiston aviatsiya ma’muriyatlari oʻrtasidagi muzokaralar natijasida:

- Toshkent – Olmaota va Toshkent – Ostona yoʻnalishlarining har birida muntazam parvozlar sonini haftasiga 42 tadan 60 tagacha oshirish;
- qolgan barcha yoʻnalishlarda parvozlar sonini haftasiga 14 tadan 20 taga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Xitoy aviatsiya ma’muriyatlari oʻrtasidagi muzokaralar yakuniga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagacha oshirish huquqi berildi. Erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida tegishli hujjatlar imzolandi.

Ishchi guruhning toʻrtinchi yigʻilishi 2027-yilda Qirgʻizistonda oʻtkazilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110916 | Инструменты