Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi
Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston Respublikasiga bordi. O‘sh xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov kutib oldi.
Bugun ikki davlat hukumat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining chegaradosh viloyatlardagi vakolatli vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Aqilbek Japarov va Abdulla Aripov videokonferensaloqa orqali Botken viloyati, Leylek tumani, Marg‘um qishlog‘idagi umumta’lim maktabining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111420 | Инструменты