Huawei 1
BRIKS sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi

BRIKS sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi. 

Ushbu nufuzli ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ta’lim va texnologik rivojlanish sohasidagi dastur va loyihalar, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, sanoat, infratuzilma va logistikani modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, energetika va kommunal tarmoqlar sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarini tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tuzishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102401 | Инструменты