Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev "Sberbank" prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni qabul qildi

Qozon shahrida o‘tayotgan BRIKS global sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Sberbank" prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni qabul qildi.

Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va ta’lim sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent shahrida raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislar va muhandislar tayyorlashga ixtisoslashgan “Maktab 21” ta’lim muassasasining  ikkinchi kampusi ish boshlagani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, bank sektori va shahar infratuzilmasini boshqarishda samarali raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha muhim qo‘shma loyihalar qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102403 | Инструменты