Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida prezident Shavkat Mirziyoyev BRICS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqilgan.

Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etgan.

Geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102323 | Инструменты