Huawei 1
O'zbekistonda qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun 825 ta ishchi guruhlar tashkil etildi

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda jami 825 ta ishchi guruhlar tashkil etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev maʼlum qildi.

Turmushda gazdan foydalanishda isteʼmolchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

- o‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz jihozlari o‘rnini almashtirish yoki taʼmirlash;

- gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish;

- gaz asboblari konstruksiyasiga, dudburon va shamollatish tizimlariga o‘zgartirishlar kiritish;

- shamollatish kanallarini to‘sib qo‘yish;

- xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish. Gaz asboblari, avtomatikasi va gaz ballonlari nosozligida gazdan foydalanish;

- dudburon va shamollatish kanallarini o‘z vaqtida tekshirmasdan gazdan foydalanish;

- maxsus maʼlumotga ega bo‘lmay va gaz xo‘jaligi korxonasidan ruxsatnoma olmay turib, dudburon hamda shamollatish kanallarini tozalash, tekshirish hamda gaz-ballon qurilmasining ballonlarini almashtirish;

- fortochkalar (framugalar), jalyuzali panjaralar, shamollatish kanallarining panjaralari, vannaxona va oshxona eshiklari ostidagi tirqishlar yopiqligida, dudburon hamda shamollatish kanallarida tortish bo‘lmagan hollarda gazdan foydalanish;

- uzluksiz ishlashga mo‘ljallanmagan, tegishli avtomatikaga ega bo‘lmagan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;

- yosh bolalarga, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan va gaz asboblaridan foydalanish qoidalarini bilmaydigan shaxslarga foydalanishga ruxsat berish;

- gaz chiqayotganligini aniqlash uchun olov yoqib tekshirish;

-tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, gaz so‘rgichlardan foydalanish;

- avtomobillarga o‘rnatilgan yoki ulardan yaroqsiz deb yechib olingan texnik ko‘rikdan o‘tmagan metan va propan gaz balonlardan foydalanish.

Yong‘in yoki zaharlanishlar sodir bo‘lganda quyidagi shoshilinch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘rang:

101 – yong‘in xavfsizligi xizmati;

104 – gaz avariya dispetcherlik xizmati;

103 – tez tibbiy yordam xizmati;

1050 – qutqaruv xizmati.

112 – yagona navbatchi dispetcherlik xizmati.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102321 | Инструменты