O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Xitoy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo'yicha departamenti direktor o'rinbosari Filippa Sounders bilan uchrashdi.
Suhbat davomida xorijiy tomon Britaniya O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida hisoblashini hamda Toshkent bilan hartomonlama aloqalarni yanada jadallashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik hamda ta'lim sohasidagi aloqalarning hozirgi holati hamda ularni yanada jadallashtirish istiqbollari bo'yicha fikr almashdi.
Shuningdek, Britaniya tomoni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha sa'y-harakatlarini yuqori baholashini va qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha barcha salohiyatlarni jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112612 | Инструменты