Huawei 1
Deputatlar infoqalloblarga qarshi kurashish bo‘yicha qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. 

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi yangi 59-4-modda bilan to‘ldirilib, ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik holatlari uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ikkinchidan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 14-1-modda bilan to‘ldirilib, mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirish talablari belgilanmoqda. 

Jumladan:

– ma’rifiy faoliyat insonni shaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko‘nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanishi belgilanmoqda;

– ma’rifiy faoliyatni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin ekanligi ko‘zda tutilmoqda;

– ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishi taqiqlangan shaxslar doirasi belgilanmoqda;

– ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shakllari, uni amalga oshirish talablari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasini qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga barham beriladi, noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты