Huawei 1
Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi. 

Prezident “O‘zeltexsanoat” uyushmasining unga yangi aʼzo bo‘lganlardan 2 yil, aylanmasi 10 milliard so‘mdan kam korxonalardan esa umuman badal olmaslik, ularning mahsulotlarini “Eltex Lab” laboratoriyasida bepul sinovdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni qo‘llab quvvatladi.

Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, to‘lov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

So‘ng davlat rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi. Jumladan, muloqotda:

- sanoat elektrotexnika mahsulotlarini lizing asosida sotish tizimini joriy etish;

- yillik eksporti 50 million dollardan ko‘p bo‘lgan korxonalarga aylanma mablag‘ uchun beriladigan kredit miqdorini oshirish;

- foyda solig‘ini hisoblashda korxonalarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflagan xarajatini chegirish tizimini takomillashtirish;

- avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimini joriy etish;

- yangi loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy uskuna sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘ning bir qismini foyda solig‘i bazasidan chegirish kabi taklif va tashabbuslar bildirildi.

Davlatimiz rahbari tegishli vazirlik va idoralarga aytilgan fikr va masalalarni puxta o‘rganib, tegishli hujjatlar loyihalarini kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarini hisobotlari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты