Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
“Buxoro Agro” klasteri esa 14 ta mahallada kasanachilik asosida 1 ming nafar ayolni ishli qilish tashabbusini bildirgan.
“G‘ijduvon Mashhurasi” korxonasi toshdan mramor qoplamalari chiqarib, Fransiyaga eksport qilmoqda. Tadbirkor ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida.
“Do‘stlik Omad Baraka Fayz” va “Buxoro Don Zaxira Invest” korxonalari yirik chorva komplekslarini ishga tushirmoqchi.
Mutasaddilarga aholi bandligini oshiradigan bunday loyihalarni keng qo‘llab-quvvatlash, zarur ko‘makni ko‘rsatishga topshiriq berildi.
Ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinar ekan, G‘ijduvon aholisi uchun 650 o‘rinli zamonaviy shifoxona qurilishi eʼlon qilindi.
Mutasaddilarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritish topshirildi.
Umuman, yig‘ilishda G‘ijduvonni o‘zida 25 ming ish o‘rni, qo‘shimcha 50 million dollar eksport va byudjetga 100 milliard so‘mlik tushum bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tarmoq rahbarlarining axboroti tinglandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты