O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.
"Hindistonning mamlakatimizdagi Elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayotgan Manish Prabxat janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O'zbekiston va Hindiston o'rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты