Huawei 1
O‘zbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunning 43-moddaga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati hamda ushbu ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:

- jismoniy shaxslar tomonidan Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash;

- davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish.

Masalan, ro‘yxatga o‘rgimchak, ilon, akula, toshbaqalarning ayrim turlari, yo‘lbars, sher, tulki, bo‘ri, shimpanzening barcha turlari va kenja turlari kiritilgan.

Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘larida va (yoki) pitomniklarda saqlanishi mumkin.

Bunda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.

Hayvonlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110719 | Инструменты