Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qo‘qon shahrida faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlaridan iborat jamoat fosh etildi.
Shulardan 11 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 ta OTM o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM o‘z o‘rnini yo‘qotgan.
Qo‘mitaning 5-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20% miqdorida cheklov (spred) joriy etildi.
Markaziy bank tomonidan aholidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, oktyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz pasayib 13,2 foizni tashkil etdi.
Tomonlar 2025-yil yozida “Toshkent-Ribache” yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi.
Qorovulbozor tumani hududida olib borilgan reyd davomida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilganra 20 dona Turkiston mo‘ylovdori hamda 25 dona zog‘o balig‘ini ovlagani aniqlandi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Kengash TDT markaziy banklarining maslahat-kengash organi vazifasini bajaradi.
Qarorga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sport faoliyati: o'q otish va stenddan o'q otish” bakalavriat ta'lim yo'nalishi ochiladi.
Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasining xabar berishicha, bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan bo‘limga yotqizildi. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishini qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatgani aniqlandi.
Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘larida va pitomniklarda saqlanishi mumkin.
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan elchi bilan uchrashdi.
Zarur sport infratuzilmasi mavjud bo'lgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv polosi va sinxron suzish guruhlari tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110719 | Инструменты