Huawei 1
Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma'lum qildi.

"Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz. Darhaqiqat, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa'y-harakatlarni kuchaytirishi lozim. Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo koʻlamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deya yozgan vazir o'z sahifasida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122213 | Инструменты