Huawei 1
Farg‘onada 4 kishi "fast food"dan zaharlandi

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi O‘zbekiston tumani bo‘limiga 2024-yil 6-noyabr kuni soat 11:30larda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemorni oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilganligi yuzasidan xabarnoma berilgan.

Ushbu xabarnomaga asosan Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.

Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 2024 yil 5 noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani “Yaypanbozorbosh” MFY, Ibn Sino ko‘chasida faoliyat olib borayotgan "fast food" mahsuloti tayyorlab sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini isteʼmol qilganligi, yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning “Oqtepa” MFY, “Turkiston” ko‘chasida faoliyat olib borayotgan “OQTEPA MINI FOOD” nomli "fast food" mahsuloti tayyorlab, sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini isteʼmol qilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan bo‘limga yotqizildi. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.

Ushbu holat Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110719 | Инструменты