Orol maqomi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda Puerto-Rikoliklarning ko‘pchiligi AQShga shtat sifatida qo‘shilishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda 6-noyabr kuni mahalliy Nuevo Dia gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 91,35 foiz ovozni qayta ishlagandan so‘ng saylovchilarning 56,82 foizi Amerikaga qo‘shilish tarafdori, 30,85 foizi orol mustaqilligi, 12,33 foizi muxtoriyatning kengaytirilishi tarafdori bo‘lgan.
1898-yildan boshlab Puerto-Rikoning erkin bog'langan shtati AQSh ma'muriyati ostida bo'lib, aholining aksariyati Amerika fuqaroligiga ega. Biroq Puerto-Rikaliklar prezidentlik saylovlarida qatnashish huquqiga ega emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты