Huawei 1
“Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkilotining yana 12 nafar a'zosi qo'lga olindi

Toshkent shahrida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining noqonuniy faoliyatiga chek qoʼyildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB. 

Ma'lum qilinishicha, joriy 2021 yilning 17 sentabr kuni, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qo'yishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʼtkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olindi.

Ushlangan “Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning gʼoyaviy taʼsiri ostida ekstremistik faoliyat bilan shugʼullanib kelgan.

“R.U.” va uning jinoiy aloqalari internet ijtimoiy tarmogʼi orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980 yilda Qirgʼiziston Respublikasida tugʼilgan, “Maxmud Аbdulmoʼmin” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Аbdumalikovich bilan aloqa oʼrnatib, uning maʼruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning koʼrsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi aʼzolarni yollash bilan shugʼullanib kelganlar. Shuningdek, ular Respublikamizda “Xalifalik” davlatini qurish toʼgʼrisidagi gʼoyalarni doimiy ravishda targʼib qilishgan.

Mazkur shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, Toshkentda mazkur harakat vakillarining 10 nafar a'zosi qo'lga olingani xabarqilingandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112313 | Инструменты