Huawei 1
Ilhom Maxkamov Xitoy transport vaziri Li Syaopen bilan uchrashdi

Barqaror transport bo‘yicha Global forum arafasida 24-sentabr kuni Pekin shahrida Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda XXR Transport vaziri Li Syaopen o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklikning yangi bosqichiga ko‘tarilganini, unda transport masalasi yetakchi o‘rinlardan birini egallayotganini qayd etdilar.

Muzokaralarda Ilhom Mahkamov o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun birgalikda hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muhim masalalarga to’xtalib o’tdi.

Xususan, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini rasman boshlash marosimini o‘tkazish, xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi yangi Bitimni imzolash hamda milliy tashuvchilar uchun ruxsatnoma blankalari ayirboshlashning rasmiy kvotasini oshirish lozimligini qayd etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты