Huawei 1
Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. 

Ishchi guruhning asosiy vazifalari:

amaldagi davlat pensiya taʼminoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya taʼminoti tizimining barqarorligiii taʼminlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlash;

asoslantirilgan takliflarga muvofiq 2025 yil 1 martga qadar Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishdan iborat.

Ishchi guruhga:

belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish;

Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha tayyorlanayotgan takliflarning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish hamda belgilangan vazifalar bo‘yicha so‘rov o‘tkazilishini tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda tegishli masalalar yuzasidan nufuzli xorijiy ekspertlar, olimlar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish;

rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida Ishchi guruhga jalb etilgan mutaxassislarni xorijga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish huquqi beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты