Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunario Kartadinata Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma'lum qildi.
"Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunaryo Kartadinata janoblarining bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
Janob Kartadinata o‘z vatani uchun tinimsiz mehnat qilgan, Indoneziya manfaatlarini g‘oyat professionallik va fidoyilik bilan ilgari surgan taniqli va tajribali diplomat edi. Uning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi beqiyos.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi Elchining oila a’zolari va yaqinlariga hamda barcha indoneziyalik do‘stlarimizga hamdardligimizni bildiradi", - deya hamdardlik bildirgan O'zbekiston TIV rahbari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51817 | Инструменты