Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma'lum qildi.
"Toshkentda qisqa to‘xtab o‘tgan Italiya Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni Xonim Oliyalari bilan ko‘rishganimizdan mamnunmiz. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik aloqalari kun tartibi keng qamrovli bo‘lib, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda", - deya yozgan vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты