Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umra ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari ikki nafar fuqaroni umra safariga jo‘natishni va’da qilib, 2200 AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.\
Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Chortoq tumanida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma ishchisi ikki nafar fuqaroni umra safariga yuborish evaziga 2200 AQSH dollari talab qilib, oldindan 400 dollar olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91213 | Инструменты