Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi.
"Janobi Oliylari,
Sizni qutlug‘ 67 yoshingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
O‘tgan oyda amalga oshirgan davlat tashrifim tufayli Siz bilan birgalikda do‘stligimizni mustahkamlaganimiz, shuningdek, Koreya Respublikasining Markaziy Osiyodagi yagona alohida strategik sherigi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi bilan strategik munosabatlarni chuqurlashtirganimizdan bag‘oyat mamnunman.
Bundan buyon ham Koreya-O‘zbekiston munosabatlari rivojlanib, kelajakka yo‘naltirilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik yana-da kengayishiga Siz doimiy eʼtibor qaratasiz va qo‘llab-quvvatlaysiz, deb umid qilaman.
Sizga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, O‘zbekiston Respublikasiga esa abadiy farovonlik tilayman", deyiladi maktubda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты