Murat Kamalov betobligi sababli iste'foga chiqarildi
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalovning betobligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bundan keyin esa Qoraqalog'iston Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges Raisi lavozimiga tavsiya etilgan Amanbay Orinbayevning nomzodi ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani rivojlantirish, sanoat loyihalarini ko‘paytirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud muammolarni va ularni hal qilish bo‘yicha takliflarini bayon etdi. Prezidentdan bu rejalarni to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar ajratilishida ko‘mak so‘radi.
Ma'lumot o'rnida, Amanbay Orinbayev hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlamoqda.
Bunga qadar esa u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21305 | Инструменты