Huawei 2
“Karantin boshlangandan beri 530 mingdan ziyod fuqaro va mansabdor shaxslar, 120 mingdan ortiq haydovchilar tomonidan karantin qoidalariga amal qilmaslik holatlari aniqlandi”

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika holati to'g'risida axborot berdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov quyidagilarni ma'lum qildi.

- Karantin boshlangandan beri 530 mingdan ziyod fuqaro va mansabdor shaxslar, 120 mingdan ortiq haydovchilar tomonidan karantin qoidalariga amal qilmaslik holatlari aniqlanildi.

- Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda 208 mingdan ziyod biometrik pasportlar topshirildi. 286 ming nafar fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirildi.

- 5709 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Respublikamizga tashrif buyurgan 219 mingdan ziyod xorijiy fuqarolar vaqtincha qayddan o'tkazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga