Toshkentda 82-sonli avtobus haydovchisi xizmat vaqtida vafot etdi

Bugun 7-noyabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJning “18-avtobus saroyi” filialiga qarashli 82-sonli avtobus yo‘nalishida faoliyat yurituvchi haydovchi bilan baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

U yo’lovchilarni avtoshoxbekatda tushurib avtobusni to‘xtatgan vaqtida ehtiyotsizlik va texnik qoidalarga amal qilmaslik oqibatida transport vositasining qo‘l tormozini faollashtirmagan hamda o’zi ham avtobusni tark etgan. 

Natijada avtobus o‘z-o‘zidan harakatlana boshlagan. Uni ko’rgan zahoti avtobusni to‘xtatishga urinish vaqtida haydovchi uning ostida qolib ketgan va vafot etgan. 

"Ushbu mudhish hodisa Toshshahartransxizmat jamoasi uchun og‘ir judolik bo‘ldi", - deya yozadi kompaniya. 

“Uzreport.news.uz” rahbariyati va jamoasi marhum haydovchining oila a’zolari, yaqinlari hamda hamkasblariga chuqur hamdardlik va ta’ziya izhor etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты