O'zbekistonda keyingi o'quv yilidan Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumi tashkil etiladi

O'zbekistonda qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumi tashkil etiladi. Bu bo'yicha Prezident tegishli qarorni qabul qildi. Qarorga ko‘ra, Texnikum faoliyati 2027/2028-o‘quv yilidan yo‘lga qo‘yiladi.

Texnikumga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi hamda o‘quv jarayoni boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi.

2029 yildan Texnikumning kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar tarkibidan favqulodda vaziyatlar organlari uchun kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Texnikumning asosiy vazifalaridan biri FVOga kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan qutqaruvchilarni tayyorlash. Shuningdek, o‘quv jarayonini simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar (poligon)ni tashkil etish orqali nazariya va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash va boshqalar etib belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты