Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan - Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yilgi paxta va g‘alla hosili uchun byudjetdan 10 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi.

Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi.

Lekin 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning maʼlum qismi kreditlarni haligacha olmagan.

Sababi, ayrim banklar “resurs yo‘q, garov taʼminoti kerak”, degan bahonalar bilan tayyor mablag‘ni bermayapti.

Sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi.

Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan.

Yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1-aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.

Maʼlumotni elektron platformaga to‘liq kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit ko‘pi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты