Malayziya Bosh vaziriga Imom Buxoriy asarlari sovg‘a qilindi

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur markaz olimlari tomonidan buyuk allomalarimiz ilmiy merosi tadqiq etilib, ularning asarlari chop etilmoqda. Oliy martabali mehmonga markaz tomonidan tayyorlangan kitoblar haqida maʼlumot berildi va Imom Buxoriyning asarlari sovg‘a qilindi.

Malayziya Bosh vaziri markazdagi muzeyni tomosha qildi. Bu yerdagi tarixiy asarlar, buyuk muhaddis hayoti va faoliyati aks etgan devoriy suratlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Anvar Ibrohim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты