O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Misrning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi Amira Fahmiyni qabul qabul qildi.
"Mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misrning O'zbekistondagi Elchisi Amira Fahmiy xonim bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – So'nggi yillarda O'zbekiston-Misr ikki tomonlama munosabatlaridagi sezilarli ijobiy sur'atni alohida ta'kidlashdan mamnunmiz. Elchi xonimga davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni boyitishga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, elchi Amira Fahmiy 2021-yilning 23-aprel kuni O'zbekiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты