Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda.
Bekzod Bobomurodov 1983-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Xo‘jand davlat universiteti hamda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida u Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi, Navoiy viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi direktori, “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51810 | Инструменты