“2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2030 yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:
- 3,3 mln nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi;
- 4,2 mln nafar umumiy o‘rta taʼlim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik taʼlim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.
Qaror bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya 2027 yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har 2 yil muddatga tasdiqlanadigan alohida “yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51801 | Инструменты