Huawei 1
Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib  tayinlandi

Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib  tayinlandi.

Nurshod Xudoyberdiyev 1983-yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on  tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy - 2004-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Namangan viloyati "Suvnazorat" inspeksiyasida turli vazifalarda ishlagan. 2015-2016-yillarda Mingbuloq tumani Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi  boshlig‘i bo‘lgan. 2016-2017 yy. - Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017-2019 yy. - Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.  

Nurshod Xudoyberdiyev 2019 yildin 2024-yil avgust oyiga qadar Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlagan

Mazkur tayinlov Respublika qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51810 | Инструменты