Huawei 1
Nyu-Yorkda “C5+1” formatidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

27-sentyabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 79 yillik sessiyasi doirasida “C5+1” mintaqaviy diplomatik platformasi shafeligida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSH davlat kotibi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, mintaqada tinchlik va farovonlikka ko‘maklashish borasidagi saʼy-harakatlarning ahamiyatini taʼkidladi. Taʼkidlanishicha, ekologik o‘zgarishlar oqibatlarini yumshatish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratdi.

"AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 2023-yil 19-sentyabrda bo‘lib o‘tgan „C5+1“ davlat rahbarlarining birinchi sammiti yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, Nyu-York deklaratsiyasini samarali amalga oshirishga sodiqligini bildirib, mineral resurslar bo‘yicha „C5+1“ muloqotining; AQSH va Markaziy Osiyo biznes hamkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi "B5+1" forumi va nogironlik huquqlari bo‘yicha „C5+1“ maxsus sessiyasi o‘tkazilayotgani olqishladi", — deyiladi xabarda.

Qayd etidishicha, ishtirokchilar terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni yana-da faollashtirish va muvofiqlashtirish zarurligiga kelishib oldi.

2025 yilda ishtirokchi mamlakatlar “C5+1” formati doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning o‘n yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan tomonlar mintaqa mamlakatlari va AQSHning global masalalarga mintaqaviy yechimlarni izlashni davom ettirish, shuningdek, “C5+1” diplomatik platformasi doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish istagini olqishladi, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты