Huawei 1
O‘zbekiston BRIKSning hamkori bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston kelgusida BRIKSdagi faoliyatini asta-sekin chuqurlashtirib, unga aʼzo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi. Bu haqda Toshkentda bo‘layotgan "Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi" doirasida 25 oktyabr kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.

"Kuni kecha hurmatli prezidentimiz Qozonda o‘tkazilgan BRIKS sammitida ishtirok etib, u yerda nutq so‘zladi. O‘zbekiston BRIKS faoliyatida faol ishtirok etishga qaror qabul qildi va kelajakda, albatta, BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam yana-da chuqurlashtirishga harakat qiladi", — dedi u.

Uning qayd etishicha, bugungi kunda dunyoda BRIKS nufuzi tobora oshib, unga aʼzo bo‘lish yoki hamkorlik qilish istagidagi davlatlar soni ortmoqda. "Biz ham shu yo‘ldan boryapmiz va kelgusida albatta, aʼzo mamlakatlar bilan aloqalarimizni tubdan rivojlantiramiz. Bunda asosiy eʼtibor savdo iqtisodiy, investitsiya, transport, yashil energetika, raqamlashtirish sohalaridagi hamkorligimizga katta urg‘u beriladi", — dedi Bahrom Aʼloyev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102700 | Инструменты