Huawei 1
O‘zbekiston kichik AESlar qurilishiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi

O‘zbekiston Jizzax viloyatidagi kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga Fransiya kompaniyalarini jalb etmoqchi. Bu haqda Fransiyaning «Le Figaro» gazetasi xabar bermoqda.

«Biz Fransiyaning Assystem (texnik hamkor), Bureau Veritas (o‘qitish masalalari bo‘yicha) va Framatome (elektr stansiyalarini texnik boshqarish bo‘yicha) kabi bir qancha kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz», – degan “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev «Le Figaro» gazetasiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yadro energetikasida nafaqat texnologik, balki moliyaviy sabablarga ko‘ra ham hamkorlikni diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

«Fransiya — eng ilg‘or texnologiyalarni taklif qila oladigan mamlakat», – deya qo‘shimcha qildi Ahmadxo‘jayev.

Maʼlumot uchun, “O‘zatom” Assystem sho‘ba korxonasi bo‘lgan Fransiyaning Assystem Engineering and Operation Services kompaniyasi o‘rtasidagi shartnoma 2024 yil dekabr oyida imzolangan edi.

Joriy yilning fevralida esa Azim Axmedxo‘jayev birinchi marta turli xorijiy tuzilmalarni jalb qilgan holda kichik atom elektr stansiyasini qurish uchun «xalqaro konsorsium» tuzish rejalari haqida maʼlum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32023 | Инструменты