Huawei 1
O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi bo'lib o'tdi

4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi doirasida qator sessiyalar tashkil etildi.

Ushbu sessiyalarda ikki davlat uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy va texnologik masalalar muhokama qilindi.

“Yashil iqtisodiyot” va turizm masalalari bo‘yicha sessiya
Forum doirasidagi dastlabki sessiya yashil iqtisodiyot va turizm sohasiga bag‘ishlandi. Ma’ruzachilar O‘zbekiston va Malayziyada ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashdilar. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, barqaror ekologik yechimlarni qo‘llash hamda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi.

“Sanoat inqilobi 5.0, sun’iy intellekt va metatexnologiyalar” sessiyasi
Navbatdagi sessiya zamonaviy texnologik taraqqiyotga bag‘ishlanib, “Sanoat inqilobi 5.0”, sun’iy intellekt (SI) va metatexnologiyalar mavzularini qamrab oldi. Anjumanda insoniyat va texnologiyaning integratsiyalashuvi, sun’iy intellektning O‘zbekiston va Malayziyadagi rivoji, sohaga kiritilayotgan investitsiyalar hamda virtual texnologiyalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Sanoat inqilobi 5.0” va sun’iy intellekt global iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratib, innovatsion rivojlanishga zamin hozirlamoqda. O‘zbekiston va Malayziya ushbu sohalarda hamkorlikda ishlash orqali ilm-fan va ta’lim tizimlarini zamonaviylashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Ta’lim sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Sessiyalar davomida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Malayziya yoshlari hamda oliy ta’lim sohasi uchun muhim amaliy natijalarga boy bo‘lib, ikki davlatning ilm-fan va texnologiyalar yo‘nalishida uzoq muddatli hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты