Oʼzbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʼistonga joʼnab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʼiston prezidenti Qasim-Jomart To'qayevning taklifiga binoan 3-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʼnab ketdi.

Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

Oʼzbekiston prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʼtkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70600 | Инструменты